Xaynkes "Bavariya" tarixiga kirdi
Avval xabar berganimizdek kecha Myunxenning “Bavariya” klubi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida Shotlandiyada “Seltik” mexmoni bo‘ldi va 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, Yupp Xaynkes klub tarixida ushbu musobaqa doirasida ketma-ket 7ta uchrashuvda g‘alaba qozongan ilk murabbiy bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu g‘alabali seriya 2012-2013 yilgi mavsumda boshlangan edi. O‘shanda 72 yoshli mutaxassis qo‘l ostida to‘p surgan “Bavariya” yakunda ushbu musobaqada g‘alaba qozongan edi.



Fikrlar