Xayrulla Hamidov bugungi "El klasiko"ga qanday ta’rif berdi?

  • 18 dekabr, 2019, 13:34
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Ispaniya chempionati 10-turidan qoldirilgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi o‘tkaziladi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Bellashuvni "Futbol TV"da Xayrulla Hamidov va Hasan Turdaliev sharhlab borishadi.

Tecno

Uchrashuv oldidan Xayrulla Hamidov telegramdagi sahifasida "El klasiko"ga tarif yozib qoldirdi.

- Bugun Evropada katta o‘yin. Mezbon – o‘zini mustamlaka his etadigan yurt vakillari. Ilg‘orlari mustaqillik haqida bot-bot bong urib turishadi. Mehmon esa, mamlakatning bosh jamoasi. Maydonda oltin to‘plarni qalashtirib tashlagan yulduz harakat qiladi. Turnir jadvaliga o‘zgartirish kiritadigan o‘yin. Ayniqsa, mehmonlar g‘alaba qozonishsa, jadvalda yana peshqadamga aylanib olishadi.

"Barselona" - "Real" uchrashuvining taxminiy tarkiblari (Foto)

Ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborish mumkin emas: "Sampdoriya" – "Yuventus"! Soat 23:00da boshlanadi, yodingizdan chiqmasin!

Ha, ha, Genuya bir paytlari alohida Respublika bo‘lgan va hozirgi kunda o‘zini Italiya bag‘rida mustamlaka his etadi. Mustaqillik haqida ash’orlar bitguvchi isyonkor shoirlari bilan tanilgan.

"Yuventus"da besh karra "Oltin to‘p" sohibi bor va Italiyaning bosh jamoasi g‘alabaga erishsa, taxtiga qaytadi.

Mana shunday uchrashuvning ikkinchi bo‘limi boshlanayotgan payt Ispaniyada 10-turning qoldirilgan bir o‘yini o‘tkaziladi: "Barselona" "Real"ni qabul qiladi. Ana shu uchrashuvda Hasan Turdaliev bilan birgalikda ishlaymiz.

photo_2019-12-18_01-44-14

Genuyadagi o‘yinning ikkinchi bo‘limini ko‘rasizmi, bizning o‘yinga o‘tasizmi, o‘zingiz bilasiz. Lekin tunni bedor o‘tkazishingizni hozirdanoq ayta olamiz. Xullas, "El klasiko"ga ortiqcha ta’rif topa olmadim. Ko‘rishguncha, - dedi Xayrulla Hamidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998901723528
18/12/2019 22:52
"Суз бойлиги бехисоб" дейиш мумкинми ёки "Таъриф беришни устаси" десамми, офарин мухлисларни калбига етиб борадиган килиб гапирадида. Бир вактда иккита бахсни тасвирлаб берганига койил. Омад тилаб коламиз.
Sherbek Osginov
18/12/2019 14:09
O'yinni Xayrulla Xamidov sharhlaydigani zo'r bo'ldi.Omad sizga.