Xedirani APLda kutishmoqda

  • 26.02.2023 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Sami Xediraning iqtidorli ukasi Rani Xedira faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

90min.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli germaniyalik yarim himoyachini  kamida 7 ta ingliz klubi diqqat bilan kuzatmoqda. Gap "Everton", "Lester", "Liverpul", "Nyukasl", "Tottenxem" va "Vest Xem", shuningdek, "Vulverxempton" haqida ketmoqda. Demak, yozda kichik Xedira tanlovlar qurshovida qolishi aniq.

Ma’lumot uchun, Rani Xedira joriy mavsum “Union” safida Bundesligada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!