Xenderson: «Bu biz uchun jiddiy sinov»

  • 5 dekabr, 2022, 11:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jordan Xenderson JCh-2022 chorak finalida Frantsiya terma jamoasi bilan uchrashuv haqida gapirdi.

«Biz jahon darajasidagi kuchli raqibga duch kelishimizni tushunamiz. Frantsiyada juda yuqori saviyali futbolchilar o‘ynashadi. Bu biz uchun jiddiy sinov. Qolaversa, frantsuzlar amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Ammo biz o‘z kuchimizga ishonamiz, imkoniyatlarimizdan yaxshi foydalansak, g‘alaba qozonishimiz mumkin. Siz o‘zingizga ishonishingiz va maksimal darajada o‘ynashingiz kerak», - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sport.

Eslatib o‘tamiz, 10 dekabr, shanba kuni Angliya va Frantsiya jamoalari chorak final doirasida o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!