Xitoyliklar Morataga qiziqib qolishdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Alvaro Morata Chin yurti jamoalari diqqat markazidan joy oldi.
AS nashrining ma’lum qilishicha Xitoyning bir necha klubi ispaniyalik iqtidor egasini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ammo, bular aynan qaysi jamoalar ekanligi hozircha oshkor qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, vvalroq Londonning "Chelsi" klubi Morata uchun 60 mln evro taklif qilishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bundan tashqari Joze Mourino uni "MYu"da uzoq muddatga safdan chiqqan Ibragimovichning o‘rnida foydalanishni rejalashtirayotgani haqida ham ma’lumotlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!