"Сити" xo‘jayınlari raqib hujumchisi uchun katta summa ajratdi

  • 05.08.2026 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» jamoasida to‘p surib kelayotgan vinger Pedru Netu yozgi transfer oynasidan foydalanib, jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida Foot Mercato nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik futbolchiga «Manchester Siti» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Shaharliklar» Netu transferi uchun 81 million yevro taklif etishga tayyor.

«Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi Enzo Mareska Pedru Netuning imkoniyatlarini yaxshi biladi. Ular «Chelsi»da birga ishlagan, italyanlik mutaxassis qo‘l ostida Netu londonliklar asosiy tarkibining ajralmas o‘yinchisiga aylangan edi.

Pedru Netuning o‘zi ham muhitni almashtirishga moyilligini bildirgan va qadrdon ustozi qo‘l ostida manchesterlik safida to‘p tepishni istayapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!