Xo‘jayин Mbappeni shoshilinч uchrashuvga chaqirdi

  • 16.05.2026 14:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres hujumchi Kilian Mbappe bilan shoshilinch uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirdi.

Uchrashuv fransuz futbolchisi 11 iyun kuni start oladigan jahon chempionatiga ketishidan oldin bo‘lib o‘tishi kutilyapti.

Bu haqida AS xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” rahbarini Mbappenning xulq-atvori tashvishga solmoqda.

Peres hujumchining jamoadan uzoqlashib qolganini biladi, shuningdek, uning ayrim harakatlarini jamoadoshlari ham tushunmayapti.

“Real”da hali ham amaldagi “Oltin butsa” sohibini asosiy futbolchi deb hisoblashmoqda.

Peresning o‘zi Mbappeni jamoaning eng zo‘r futbolchisi sifatida qabul qiladi, ammo “Real”da hech kim o‘rnini bosib bo‘lmaydigan va alishtirib bo‘lmas o‘yinchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!