
Xokkey. "Humo" o‘z tarixida eng uzoq vaqt davom etgan o‘yinda "Nomad" ga imkoniyatni boy berdi
Qozog‘iston Pro-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Humo” kecha safarda “Nomad”ga qarshi final seriyasining 3-uchrashuvini o‘tkazdi.
Afsuski, Ostonadagi o‘yinda 2:1 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. G‘olibni aniqlash uchun jamoalarga 3ta qo‘shimcha vaqt kerak bo‘ldi va bu o‘yin “qanotlilar” uchun tarixdagi eng uzoq davom etgan o‘yin bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun ushbu jamoalar Ostonada final seriyasining 4-o‘yinini o‘tkazishadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar