Xoland — mazkur natijani qayd etgan tarixdagi 4-futbolchi

  • 7 sentabr, 2022, 10:50
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Chempionlar ligasi 1-turi doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o‘yinda (4:0) dubl qayd etib, turnirda o‘ziga xos natija qayd etdi.

Mazkur bahs 22 yoshli norvegiyalikning ingliz klubidagi debyut uchrashuvi va debyut gollari edi (EChL doirasidagi debyut). Shu tariqa, Xoland Chempionlar ligasi tarixida uch xil jamoa (“Zaltsburg”, “Borussiya” Dortmund va “Manchester Siti”) safida debyut o‘yinining o‘zidayoq gol urgan tarixdagi 4-o‘yinchi bo‘ldi, deb xabar berdi “OptaJoe”.

Avvalroq ispaniyalik Fernando Morentes, argentinalik Xaver Saviola va shvetsiyalik Zlatan Ibragimovich ham xuddi shunday natija qayd etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Xoland Chempionlar ligasida 25 ta gol urgan eng yosh futbolchiga ham aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!