Xoland “Barsa” va “Real” qiziqishi fonida yakuniy qaror qabul qildi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holann transferlar haqidagi xabarlar oqimida doimiy qahramonga aylanib bormoqda. Ayniqsa, norvegiyalik to‘purar kelajagini goh “Barselona”, goh “Real” bilan bog‘lashmoqda.
Vaziyatni El Nacional nashri jurnalistlari o‘rganib chiqdi. Manba ma’lumotiga ko‘ra, 2025-2026 yillgi mavsum tugagach, Holand klubini o‘zgartirishni rejalashtirmayotgan ekan.
25 yoshli futbolchi faoliyatini katta maosh to‘layotgan “Manchester Siti”da davom ettirishni eng maqbul variant ekanini ta’kidlamoqda.
Biroq Erling Holand yaqin kelajakda Ispaniyaning La Liga chempionatida o‘zini sinab ko‘rishni istaydi, ammo bunga hali vaqt bor. Shu bois, u kelayotgan yozgi transfer oynasini “Barselona” yoki “Real”ga o‘tish uchun to‘g‘ri vaqt, deb hisoblamayapti.
Erling Holandning transfer qiymati 200 million yevro deb baholanmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar