Xoland: Gvardiolaning ba’zi odatlari g‘ashimga tegadi

  • 25 yanvar, 18:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" markaziy hujumchisi Erling Xoland jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi. 

Tecno

"Pepning ba’zi odatlari meni g‘ashimga tegadi. Chunki u mayda-chuydalarga juda katta e’tibor beradi. Aynan shu narsalar uni biroz asabiy qiladi. U bir narsani 20 marta takrorlashi mumkin. Boshqa yo‘l qolmaydi – rozi bo‘lishing kerak", – deya norvegiyalik hujumchining so‘zlarini "CBS Sports" keltiradi. 

Joriy mavsumda Xoland Angliya Premer-ligasida 22 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi. 22-turdan so‘ng "Manchester Siti" Angliya chempionati jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!