Xoland Gvardiolaning jamoasini “emirib" tashlaydi
Erling Xolandga xaridor bo‘layotgan “Manchester Siti” o‘z orzusini amalga oshirish uchun yarim milliard funtga yaqin mablag‘dan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, “shaharliklar” 20 yoshli norvegiyalik hujumchining transferi uchun “Borussiya”ga 156 million funt to‘lashi kerak.
Shuningdek, Xolandning maoshi uchun haftasiga 600 ming funt miqdorida maosh berilishi lozim. Shu tariqa, besh yillik shartnomadagi maosh jami 300 million funtni tashkil qiladi.
Dortmundliklar kelasi yili Xolandning shartnomasida ko‘rsatilgan arzonlashtirilgan summada transfer qilish haqidagi band kuchga kirmasidan, mavsum oxiridayoq uni sotib yubormoqchi. Ayni paytda “Borussiya” 180 million evro talab qilmoqda. O‘yinchi o‘tgan yilning boshida 19,5 million evroga olib kelingan edi.
Joriy mavsumda Xoland barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda qatnashib, 33 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar