Xoland PSJ taklifini rad etdi. Uning maqsadi aniq!

  • 29 avgust, 2021, 14:07
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund yulduzi Erling Xoland PSJ klubi qiziqishlari doirasida tushib qolganlini to‘g‘risida xabar bergan edik.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, norvegiyalik futbolchi bu transfer amalga oshishini istamayapti. U faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirmoqchi emas. Parij klubi uni jamoani tark etishi kutilayotgan Kilian Mbappe o‘rniga xarid qilishni reja qilgandi.

Avvalroq, PSJ Xoland transferi uchun 200 million evrodan voz kechishga tayyor ekanligi haqida xabar tarqalgandi. Futbolchining o‘zi esa, keyingi yil "Real" safiga borib qo‘shilmoqchi. Bu uning yoshlikdagi orzusi hisoblanadi.

"Borussiya" va Xoland o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 2022 yilda Xolandni 75 million evroga qo‘yib yuborish bandi kuchga kiradi. Katta ehtimol bilan, grand klublar shu fursatni kutmoqda. 21 yoshli hujumchining "Transfermarkt" portalidagi narxi 130 millionga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
29/08/2021 18:42
Tugri uylagan Realga kelsa. Oltin tupni olish imkoniyati oshadi. Real hohlasak hohlamasak. brent kuchli nom uyinchila uzi hohlaydi kelishni. Oltin tupni olish imkoniyati oshadi. biladi.