Xoland transferini bittada hal qilamiz!
Ispaniyaning Sport nashri “Real” rahbariyati Erling Xolandni transfer qilish uchun juda katta harakatni amalga oshirishga tayyorlanayotgani haqida yozmoqda.
Norvegiya terma jamoasi hujumchisini transfer qilishga qodir jamoalar ko‘p emas. Eng asosiy favorit sifatida “Manchester Siti” tan olingan. “Barselona” prezidenti Joan Laporta o‘yinchining agenti Mino Rayola bilan aloqalarini ishga solib, 21 yoshli to‘purarga da’vogarlik qilmoqchi.
“Real” ayni paytda PSJ yulduzi Kilian Mbappe bilan uzoq yillik hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha muhim pallaga kirishmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar frantsiyalik hujumchi transferini uddalaganidan keyin bitta zo‘r taklif bilan Xolandni ham o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar