Xoland yangi klub tanladi. Transfer narxi ma’lum

  • 25 oktabr, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning kelajagiga oid xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Anchadan beri norvegiyalik hujumchi Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi muhokama qilinmoqda.

Tecno

Sky Sports nashrining yozishicha, 24 yoshli futbolchi “Real” safiga o‘tishni istayapti. O‘z navbatda, madridliklar ham anchadan beri Xolandga ko‘z tikmoqda.

Agar “Real” joriy mavsum yakunlanganidan keyin Xolandni transfer qiladigan bo‘lsa, “shaharliklar”ga o‘yinchining shartnomasida ko‘rsatilgan badal puli – 150 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Keyingi paytda Xoland “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib borayotgan edi. U klub mutasaddilaridan yangi bitimga uni 120 million evroga transfer qilish imkonini beradigan band qo‘shishni talab qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sunnatjon Hamdamov
25/10/2024 22:22
Borma kuyasan