“Real”: Xolandni olsak, u ham Beyl va Azardek sinib qoladi

  • 20 aprel, 2022, 12:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati “Borussiya” hujumchisi Erling Xoland transferi uchun kurashishga ikkilanib qoldi. Bunga ko‘p jihatdan norvegiyalik hujumchining keyingi paytda tez-tez shikastlanayotgani sabab bo‘lmoqda.

Tecno

Bundan tashqari, madridliklar 21 yoshli to‘purarning agenti Mino Rayola o‘z mijozi uchun undirmoqchi bo‘layotgan maosh ham ortiqcha oshirib yuborilgan, deb hisoblamoqda. Shuningdek, klub prezideti Florentino Peres Xolandga katta maosh berilishi jamoaning ichki muhitini buzilishiga olib kelishidan xavotirlanmoqda.

Eng asosiysi esa, “Qirollik klubi” rahbariyati Angliya chempionatida porlagan Garet Beyl va Eden Azar katta xarajatlar evaziga Madridga olib kelinganidan keyin kutilgan natija bermaganini unutgani yo‘q.

Har ikki yulduz xuddi Xoland singari jarohatlarga moyilligi tufayli “Real”da o‘ynab keta olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!