
Xolandning keyingi jamoasi va transfer vaqti ma’lum qilindi
“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland klub bilan amaldagi shartnomasini 2029 yilning yozigacha uzaytirishga ko‘ngani haqida ma’lumotlar tarqatildi.
Biroq bu 24 yoshli norvegiyalik hujumchi bitimning oxiriga qadar Manchesterda qolishini anglatmaydi. O‘zaro kelishuvga grand klublardan taklif bo‘lgan taqdirda Xoland hamkorlikni bekor qilishi mumkinligi haqida band kiritilgan.
El Gol Digital nashrining ma’lum qilishicha, Erling Xoland “Barselona”ga o‘tishi kutilmoqda. Bu transfer 2026 yilning yoziga mo‘ljallangan. Aynan shu sanada kataloniyaliklarning 36 yoshli hujumchisi Robert Levandovskining shartnomasi tugaydi.
“Barselona” mutasaddilari Xoland vaqti kelib, Levandovski o‘rnini egallashi va aynan Kataloniya superklubi loyihasini tanlashiga ishonch bildiryapti. Xolandning o‘zi esa, keyingi borar manzili Ispaniya chempionati bo‘lishini istamoqda.
Ko‘ramiz, “Barsa”ning rejasi amalga osharmikin, yoki “Real” ko‘p gol ura oladigan bu hujumchini ham ilib ketarmikin... Bu yog‘ini vaqt ko‘rsatadi.
Fikrlar