Xolandning “Real”ga o‘tishiga uch omil halaqit qiladi
“Real” prezidenti Florentino Peres jamoaga norvegiyalik toʻpurari Erling Holandni olib kelishni orzu qilyapti. Aslida “Qirollik klubi” bir necha yil avval ham uni Madridga chaqirgan edi. Ōshanda Holand “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Siti”ga ōtishni maʼqul korgan.
Ōz navbatida, Erling Holand ham “Real”da ōynashga moyilligini yashirmagan va asosiy maqsadlaridan birini rōyobga chiqishga qarshi emasligi aytilyapti.
Florentino Peres Erlingni 2026 yilning yozida “Real”ga olib kelish uchun uning agentlari bilan aloqa ōrnatgan.
Transferlar bōyicha ekspertlarning taʼkidlashicha, “Real” bu rejasini amalga oshirishi uchun eng katta uchta malani hal qilishi kerak.
Birinchidan, Holandning “Manchester Siti” bilan 2034 yilning yozigacha amal qiluvchi uzoq muddatli shartnomasi bor. Unga kora, futbolchi haftasiga 500 ming funt sterling atrofida maosh olmoqda.
Ikkinchidan, bu transfer amalga oshishi uchun Madrid jamoasini Vinisius Juniyor tark etishi kerak boʻladi.
Uchin chidan, Holandning transferi uchun “Real” 500 million evrodan ortiq mablagʻ sarflashiga toʻgʻri keladi.
Fikrlar