Holandning "Siti" bilan tuzgan shartnomasida noodatiy band bor

  • 12.05.2022 23:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" dunyoning eng iste’dodli futbolchilaridan biri Erling Holand transferini e’lon qildi.

"Bild" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi shartnomada noodatiy band bor. Gap shundaki, norvegiyalik futbolchini istalgan xaridor 150 million evroga sotib olishi mumkin bo‘ladi. Faqatgina, bu qism 2 yildan so‘ng kuchga kirishi ko‘zda tutilgan.

"Siti" Holandni "Borussiya" Dortmunddan 75 million evroga sotib oldi. Bu hujumchining "asalarilar" bilan kelishuvida keltirilgan tovon puli sanaladi. Ammo agent uchun to‘lov hamda maoshni qo‘shib hisoblaganda, u "shaharliklar" uchun 150 million evroga tushdi.

Avvalroq, "Real" va "Barselona" mazkur mablag‘ni tejash uchun Holand transferidan voz kechgani xabar qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!