Xolland Mbappega “Tottenxem”ga o‘tishni tavsiya qildi
O‘rgamchak-odam roli orqali millionlab muxlislarning qalbini zabt etgan iqtidorli aktyor Tom Xolland “Oltin to‘p” marosimida futbol yulduzlari bilan muloqot qildi.
- Ushbu nufuzli tadbirda LIonel Messi bilan uchrashuvdim. Aqlbovar qilmas holat. Shuningdek, Kilian Mbappe bilan gaplishish imkoni bo‘ldi. U juda ko‘ngli ochiq yigit ekan. Mbappega “Tottenxem”ga o‘tishini taklif qildim. U kulib yubordi, - dedi Tom Xolland Goal nashriga bergan intervyusida.

Besh mavsumdan beri PSJ sharafini himoya qilayotgan Mbappe yangi shartnoma bo‘yicha barcha takliflarni rad etdi. Yozda erkin agentga aylanadigan to‘purar faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirmoqchi.
Ko‘pchilik Mbappe “Real”ni tanlashiga ishonch bildiryapti.

Fikrlar