Xolmurod Nurmatov rossiyalik sportchini jangga chorladi

  • 13 iyun, 2024, 18:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Rossiyaning ACA ligasida faoliyat yuritayotgan Xolmurod Nurmatov Instagram sahifasiga yangi post joyladi.

Tecno

U ACA ning yana bir jangchisi rossiyalik Anatoliy Kondratev bilan jang qilish istagini bildirdi.

"Avgust. Anatoliy Kondratev, sen munosib sportchisan. Hurmat qilgan holda seni jangga chaqiraman. Sen ikki g‘alabali seriyada ketyapsan, menda ham 2 ta g‘alabali seriya. Agar ACA ligasi bizning jangga e’tibor qaratsa va munosib deb topsa, men tayyorman. Jangni qabul qilasan, deb o‘ylayman", deb yozdi Nurmatov.

Ma’lumot uchun, Anatoliy Kondratev faoliyati davomida 14 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan, 4 tasida esa mag‘lubiyat alamini totgan.Hamyurtimiz Xolmurod Nurmatov esa esa jami 22 ta jangda 14 ta g‘alaba, 7 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!