Xomyakov: "Siz menga iltifot ko‘rsatib..."

  • 15 may, 2023, 00:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Andijon” klubi Toshkentda OKMKga qarshi Superliganing 10-turida maydonga tushdi. Birinchi bo‘limda mehmonlar hisobda oldinga chiqib olgandi. Biroq OKMK bahs oxirlarida ikkita gol urib g‘alabani raqibdan tortib oldi.

Shu tariqa, “Andijon” yana alamli tarzda imkoniyatni boy berdi. Bahs yakuniga etgach, mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mag‘lubiyat xususida fikr bildirdi.

- Xafsalamiz pir bo‘ldi. Oxirgi daqiqalarda ustunligimizni saqlab qola olmadik. Umuman olganda, birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham orqaga yotib olmadik. Yigitlarga e’tirozim yo‘q. Ular harakat qilishdi, rejamizni amalga oshirishdi. Afsuski, bugun muxlislarimizni xursand qilish nasib qilmadi. Ishlashda davom etamiz.

xomyakov24

- Jamoa birinchi bo‘limda ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Ikkinchi bo‘limda futbolchilar toliqib qoldimi? Chunki birinchi bo‘limdagi faollik ko‘zga tashlanmagandek bo‘ldi...

- Biz jismonan toliqib qolganimiz yo‘q. Raqib o‘z imkoniyatidan foydalanib ketdi. Himoyada bir qator bo‘ydor futbolchilari o‘ynashdi. Ular tezkorlik bilan qanotlar yoki chiziqlar bo‘yicha hujumlarni tashkil qilishdi. Biz ham ikkinchi bo‘limda qayta hujumlarga o‘tishga urindik va buning evaziga ikkita vaziyat yaratdik. Agar foydalanganimizda bahsni o‘z foydamizga hal qilishimiz mumkin edi. Ammo individual mahorat etmagani uchun foydalana olmadik. Alamli bo‘ldi. Nima qilamiz? Ishlashda davom etamiz.

- Legioner hujumchi Rubin Xebay oxirgi paytlarda faqat gollar uryapti. U o‘zining optimal formasiga kirdimi?

- Ha, shuning uchun har bir uchrashuvda gol uryapti. Yana biroz qo‘shishi mumkin. Rubin albatta o‘z so‘zini aytadi. Ko‘plab vaziyatlarimiz u orqali amalga oshirilyapti. Unga rahmat aytaman.

xomyakov23

- “Andijon”ning chempionat avvalidagi o‘yini bilan bugungi kundagi o‘yinini solishtira olasizmi? Qanchalik farq bor?

- Bizda hujum borasida muammo bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Mavsum boshida himoyachilarimiz yaxshiroq edi. Chiziqlar bo‘yicha harakatlanishda oqsayapmiz. Yakka kurashlarda to‘pga egalik qilishga harakat qilyapmiz. Himoyadan chiqib keta olishni amalga oshira olyapmiz. Ammo to‘pni nazorat qilishda orqadamiz. To‘p nazoratisiz oldinga o‘ta olishda qiyinchiliklar bor. Bir so‘z bilan aytganda, ishlaydigan joylarimiz ko‘p. Oldinga qarab intilishda davom etamiz.

- Ko‘rinib turibdiki, Xebay o‘yinini yaxshilagach, jamoaning uslubi ham o‘zgardi. Chunki o‘tkir hujumlar uyushtirilyapti. Ya’ni, jamoa Xebayning o‘yiniga qarab uslub tanlayaptimi yoki...

- Siz menga iltifot ko‘rsatib, ko‘plab hujumlar deyapsiz, men ko‘plab demagan bo‘lardim. Asosiysi, hujumlarda samara bo‘lishi kerak. Ha, o‘rtadan ko‘ra biz qanotlardan hujumlar tashkil qilyapmiz. Lekin hozirgi holatimiz haqida nimadir deyishim qiyin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!