Xorxe Masvidal-Gilbert Byorns jangida kimning imkoniyati yuqori? O‘zbek MMA olami vakillari javob berdi

  • 07.04.2023 17:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

9 aprel tongida “UFC 287” turniri tashkil etiladi. Ikkinchi markaziy jang yarim o‘rta vazn toifasining taniqli vakillari braziliyalik Gilbert Byorns hamda amerikalik Xorxe Masvidal o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Biz an’anaga muvofiq, ushbu jang borasidagi o‘zbek MMA olami vakillarining fikri bilan qiziqdik.

Jasur Ne’matov – O‘zbekiston K-1 federatsiyasi raisi

- Gilbert Byorns xaqiqiy zirhli mashinaga o‘xshaydi. Masvidal ham oddiy jangchi emas. Umuman qiziq jangni guvohiga aylanamiz. Agar, Masvidal kutilmagan zarbasi bilan nokautga uchratmasa, Gilbert Byorns ushbu jangda g‘alaba qozonadi.

aka jasur

Valijon Azimov – O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Surxondaryo bo‘limi mutasaddisi

- Har ikkisi promoushenning anchagina taniqli va nokautchi vakillari sanaladi. Sportda har doim kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lganlar g‘alaba qozonadi. Shunday bo‘lsa-da, Byorns anchagina chidamli va “parter”da ham yaxshi harakat qiladi. Shu omillar hisobiga bu jang g‘olibi Gilbert Byorns bo‘ladi.

aka valijon

Mavlonbek Mavlonov – murabbiy

- To‘g‘risi men kutgan jang. Juda ham qiziq bo‘ladi. Har ikkisi tomoshabop jang ko‘rsatadi. Byorns grepling va “stoyka”da anchagina rivojlangan jangchi sanalsa, Masvidal “teyk-daun”lardan, kurashdan himoyasi yaxshi bo‘lgan, kuchli zarbachi atlet hisoblanadi. Gilbert “stoyka”da yaxshi nokautga uchratuvchi zarbasi bor. Biroq, uning himoyasida muammolar ko‘p. Masvidal bunday xatolarni kechirmasligi mumkin. U qarshi xujumda Byornsni tuta oladi. Meni taxminim shundayki, Byorns yoki ochko bilan yutadi, uni nokaut qilishiga, og‘riqli uslubni qo‘llab yutishiga ishonmayman. Aynan Masvidalni shu tarzda yutadi, deb o‘ylamayman. Aytganimdek, Byorns ochkolar hisobiga g‘alaba qozonadi yoki Masvidal nokaut bilan g‘alabani ilib ketishi mumkin. Imkoniyatlarni 50/50 deya baholagan bo‘lardim.

mavlonchik

Odilbek Sirojiddinov – murabbiy

- Ochig‘ini aytsam, Masvidalning jang olib borish uslubi menga yoqadi. Biroq, Byorns ochkolar hisobida g‘alaba qozonsa kerak. Agar, Masvidal nokaut bilan yutib olmasa, kuch va chidamlilik borasida ustun bo‘lgan braziliyalik jangchi g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman.

odilchik

Dadaxon Hasanov – MMA jangchisi, referi

- Ikkisi ham muxlislarni zeriktirib qo‘ymaydigan janglarni ko‘rsatib kelgan va bu safar ham qiziqarli to‘qnashuvni guvohiga aylanamiz. Ikki teng kuchli jangchilar deb o‘ylayman. Nisbatan biroz ustunlik Byorns tarafida desam, yanglishmasam kerak. Imkoniyatlarni 55/45 degan bo‘lardim. Byorns foydasiga!

dadosh1_1

Navro‘z Atakulov – murabbiy

- Bularning janglari ancha avval boshlanib ketgan, ular bir-birini “shirin” so‘zlar bilan rosa siylashdi. Bu ham jangning “intriga”sini oshirdi. Umuman bu ikkisi qiziqarli janglarni taqdim etib kelgan. Bu safar ham muxlislar zerikib qolmaydi. Bunga ishonchim komil. Imkoniyatlar borasida to‘xtalsak, Masvidalning “stoyka”dagi ustunligi bor va u kuchli zarbasining evaziga g‘alabani ilib ketsa kerak. Albatta, bu shaxsiy fikrim!

navruzchik

Jahongir Najmiddinov – MMA jangchisi

- Bu jangda Byorns g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman. Chunki, Masvidalda avvalgidek, shijoat yo‘q. Jangdan avval "Byornsdan yutqazsam, faoliyatimni yakunlayman", deya aytib ham o‘tdi. Qandaydir, o‘ziga ishonch kuchli emasdek, avvalgi janglarida bo‘lgani kabi “yonayotgani” yo‘q.

jaxonchik

Humoyuddin Muxtorov –MMA jangchisi

- Bu jangdan faqat muxlislar yutadi, deb o‘ylayman. Garchi, markaziy jang kabi revansh yoki chempionlik bahsi bo‘lmasa-da, bu to‘qnashuvga qiziqish juda katta. Chunki, ikkisi ham divizionning etakchilari uchun noqulay jangchilari va muxlislarni unutib qo‘ymaydiganlardan hisoblanadi. Qolaversa, chiroyli jang ko‘rsatishadi. Byornsda grepling, jiu-jitsu borasida ustunlik bo‘lsa, Masvidalda juda kuchli zarba mavjud. Byornsni biroz himoyani unutib qo‘yishini hisobga olsak, imkoniyatlar tenglashadi. Ya’ni bu jangda imkoniyatlarni 50/50 deya baholagan bo‘lardim.

xumosh_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!