
Xorxe Masvidal: Neyt Diasga qarshi jang uchun darxol shartnoma imzolagan bo‘lardim
UFC jangchisi Xorxe Masvidal Neyt Dias bilan oktagonda to‘qnash kelish istagi borligini bildirdi.
“Bu men xoxlagan jang. Agar, menga Dias bilan jang o‘tkazish taklif etilsa, darxol shartnomaga qo‘l qo‘yaman.
Yuqori darajadagi to‘qnashuvlarni xoxlayman. Bilaman Neyt boshimni yorib, jonimni olishga harakat qiladi. Bunday to‘qnashuvlar menga motivatsiya beradi”,- deydi Masvidal.
Eslatib o‘tamiz: Neyt Dias 17 avgust kuni Anxaymda tashkil etiladigan UFC 241 turnirida Endtoni Pettisga qarshi jang qiladi.
Fikrlar