Xosep Gvardiola himoyaga yana bir tarjibali futbolchini olib kelmoqchi
"Inter" himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. 15 iyulgacha uning shartnomasida 25 million evrolik tovon puli belgilangan.
Futbolchiga nafaqat "Barselona", balki bir necha APL klublari, jumladan "Manchester Siti" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbalarga ko‘ra, Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi niderlandiyalik futbolchini jamoasi safida ko‘rishni istamoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, klub rahbarlari Kayl Uokerdan so‘ng "nerazzurilar" himoyachisini asosiy o‘ng qanot himoyachisi sifatida ko‘rmoqda.
O‘tgan mavsumda Dyumfris A Seriyada 29 o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar