
Xuan Antonio Pitstsi: Sharmandali mag‘lubiyatni tezroq unutishimiz lozim
Bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida Rossiya hamda Saudiya Arabistoni (5:0) terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018ning ilk uchrashuvi yakuniga etdi. O‘yindan so‘ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Xuan Antonio Pitstsi bugungi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Mag‘lubiyatimiz sababi birinchi uchrashuv bo‘lgani uchunmi yoki mezbonlarga qarshi o‘ynaganimiz uchunmi buni bilmadim. Lekin raqiblarimiz bugun u qadar ko‘p kuch sarflashmadi. Endi biz ushbu sharmandali mag‘lubiyatni tezroq unutib, keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar