Xulian Al’vares transferi "Barsa" yulduziga bog‘liq bo‘lib qoldi

  • 22.07.2026 08:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» va Madridning «Atletiko» klubi joriy transfer oynasidan foydalanib, hujumchilarni almashishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, «Atletiko» rahbariyati «Barselona»ga Xulian Alvaresni sotish tarafdori emas. Shu bilan birga, madridliklar kataloniyaliklar safida to‘p surayotgan Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqmoqda. 

Jurnalist Jota Jordining ta'kidlashicha, agar Ferran «Atletiko» taklifini qabul qilsa, Xulian Alvaresning «Barselona»ga o‘tishi deyarli ertasi kuniyoq rasmiylashishi mumkin.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, Ferran Torresning bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Xulian Alvares uchun esa shu manba 100 million yevro miqdorida narx ko‘rsatgan. Har ikki futbolchi ham hozir 26 yoshda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda bo‘lib o‘tgan Ispaniya va Argentina o‘rtasidagi jahon chempionati finalida yagona gol muallifi aynan Ferran Torres bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!