
Xurramov va Jandreev keyingi bosqichga yo‘l olishdi
Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi kun bahslari davom etmoqda.
Ushbu kun doirasidagi bellashuvlarda -90 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz navbatdagi bosqich masalasini hal qildi.
Xususan, dastlab Muhammadkarim Xurramov ukrainalik Mikita Matlashevskini ippon evaziga mag‘lub etgan bo‘lsa, Shermuhammad Jandreev Kolumbiya vakili Frantsisko Balantadan ogohlantirishlar hisobida ustun keldi.
Endi chorak final oldidan Muhammadkarim Xurramov yaponiyalik Tajima Goki bilan bahs olib borsa, Shermuhammad Jandreevga rossiyalik Roman Dontsov raqiblik qiladi.
Fikrlar