Yagona bronza medal! Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga etdi

  • 6 may, 2024, 11:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri uch kun davomida dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirga mezbonlik qildi. 

Tecno

Mukofot jamg‘armasi 154 000 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada dunyoning 5 qit’asi, 65 davlatidan jami 390 nafar (204 erkak, 186 ayol) dzyudochi medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. 

Uch kunlik bahslar yakuniga ko‘ra biroz kutilmaganda Shveytsariya terma jamoasi 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Dushanbeda afsonaviy Teddi Riner shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 

Avstriya 2 ta oltin, 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, italiyalik dzyudochilar 2 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi. Mezbonlar 1 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan 4-o‘rinni egallashdi. Top-10 talikdan Germaniya, Frantsiya, Mo‘g‘uliston, Yaponiya, Kanada va Turkmaniston terma jamoalari joy olishdi. O‘zbekiston terma jamoasiga yagona bronza medalini Muhammad Jumaev (-73 kg) taqdim etdi.     

Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turnirining so‘nggi kun g‘olib va sovrindorlari:

-90 kg vazn toifasi
1. Mansur Lorsanov (AIN)
2. Devid Klammert (Chexiya)
3. Ju Yop Han (Koreya Respublikasi)
3. Muhammadjon Abdujalilzoda (Tojikiston)

-100 kg vazn toifasi
1. Jennaro Pirelli (Italiya)
2. Daniel Eyx (Shveytsariya)
3. Jafar Kostoev (BAA)
3. Jahongir Majidov (Tojikiston)

+100 kg vazn toifasi 
1. Teddi Riner (Frantsiya)
2. Temur Rahimov (Tojikiston)
3. Denis Batchaev (AIN)
3. Losseni Kone (Germaniya)

Ayollar 

-78 kg vazn toifasi
1. Anna-Mariya Vagner (Germaniya)
2. Alina Boem (Germaniya)
3. Emma Reyd (Buyuk Britaniya)
3. Bita Pakut-Klojko (Polsha)

+78 kg vazn toifasi
1. Asya Tavano (Italiya)
2. Kinga Volchjak (Polsha)
3. Ursula Hofmann (Polsha)
3. Hyon Ji Li (Koreya Respublikasi)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!