Yamal Abdelkarim «yangi Saloh» bo‘la oladimi, degan savolga javob berdi
«Barselona» yarim himoyachisi Lamin Yamal jamoadoshi, 18 yoshli Hamza Abdelkarimning kelajakdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
Kataloniya klubi yozgi transfer oynasida yosh misrlik futbolchini Qohiraning «Al-Ahli» jamoasidan sotib olgan edi. Bosh murabbiy Hans-Diter Flik hozircha istiqbolli hujumchiga rasmiy o‘yinlarda ko‘p imkoniyat bermayapti, ammo uning mavsum oldi nazorat uchrashuvlaridagi o‘yinidan juda taassurot olgani aytilmoqda.
– Abdelkarim Mohamed Salah yo‘lini takrorlay oladimi?
– Salah – juda kuchli futbolchi, barcha davrlardagi Angliya chempionatidagi eng yorqin afrikalik yulduzlardan biri. Hozircha bunday taqqoslashlar uchun ertaroq. Avvalo Hamzaning qanday rivojlanishini kutaylik. U muvaffaqiyat qozonish va o‘z nomini Misr futboli tarixiga yozib qo‘yish uchun zarur sifatlarga ega. Juda umid qilamanki, u bunga erishadi, – deya Yamal jurnalist savoliga javob berdi.
Hamza Abdelkarim «Barselona»ning asosiy tarkibidagi rasmiy debyutini 1 sentabr kuni «Rayo Valyekano»ga qarshi La Liga uchrashuvida o‘tkazdi.

Fikrlar