Yamal: “Doim ma’noli gapirishga harakat qilaman”

  • 21.04.2026 10:49
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Laureus World Sports Awards mukofoti bo‘yicha dunyoning eng yaxshi yosh sportchisi bo‘lganidan so‘ng nutq so‘zladi.

"Avvaliga zimmanda mas'uliyat borligini va xato qilish mumkin emasligini anglash qiyin, chunki sen ko‘plab bolalarga o‘rnak bo‘lasan. Men buni ijobiy narsa sifatida qabul qilaman, har doim ma'noli gapirishga harakat qilaman, garchi ba'zida, albatta, adashaman - men atigi 18 yoshdaman va bu normal holat", - deya Yamalning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Joriy mavsumda Yamal "Barselona" safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!