
Yamal: Uyga ko‘karishlar bilan qaytardim
Lamin Yamal bolaligi va futboldagi ilk taassurotlari haqida gapirdi.
"4 yoshligimda do‘stlarim bilan ko‘chaga chiqqanimda, bog‘da dadam va kattaroq amakivachcham futbol o‘ynayotganini ko‘rdim. Aynan shu daqiqadan men bu o‘yinni sevib qoldim.
Bolaligimda uyda emas, balki, ko‘chada ko‘proq vaqt o‘tkazardim va doimo futbol o‘ynardim. Yuzimga ko‘p bora to‘p urilgan va uyga aksar hollarda ko‘karishlar bilan qaytardim. Buvim yomg‘ir yog‘gan paytda ustim ho‘l bo‘lib, uyga yiqilgan holda kelgan damlarimni eslardi. Ochig‘i, men bularning birortasiga ahamiyat bermaganman", - dedi "ko‘k-anorranglilar" yarim himoyachisi.
Fikrlar