Yana bir jangchi UFC ro‘yxatidan chiqarildi

  • 14 avgust, 2024, 10:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

O‘rta vaznda (83.9 kg) ishtirok etayotgan rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Denis Tyululin UFC promoushini tark etdi. Bu haqida UFC Roster Tracker xabar bermoqda.

Tyululin hozirda 36 yoshda.  Rossiyalik sportchi 2022 yil mart oyida UFC da debyut qildi.  Jangchi UFC da bitta g‘alaba va beshta mag‘lubiyatga ega. Hammasi bo‘lib, aralash yakkakurashlar bo‘yicha Denis faoliyati davomida 20 ta jangda qatnashib, 10 ta g‘alaba  va 10 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan UFC turnirida Tyululi(10-10-1 N/C) AQSh vakili Sedrik Dyuma(10-2) bilan to‘qnash kelgandi. Qarama-qarshilik uch raund davom etib, yakunda amerikalik g‘alabasi bilan tugagandi. Denis uchun bu mag‘lubiyat qatorasiga to‘rtinchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!