Yana bir legionerimiz jamoasiz qoldi
Janubiy Koreya K-2 ligasi vakili "Tedjon" bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi. Ular orasida hamyurtimiz Ikrom Aliboev ham bor.
Koreyaning ikkinchi ligasida faoliyat yuritayotgan legionerimiz jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
2021 yilning martidan beri Koreyada o‘ynayotgan hamyurtimizning klub bilan tuzgan shartnomasi yakunlandi. Aliboev o‘tgan mavsum 17ta o‘inda maydonga tushib, bitta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.


Fikrlar