Yana bir mashhur yulduz Saudiyani tark etdi

  • 18.07.2025 06:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Gabonlik mashhur futbolchi Per-Emerik Obameyang Saudiya Arabistoni chempionatini tark etdi. “Al-Qodisiya” klubi rasmiy sayti orqali 36 yoshli hujumchi bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi.

Obameyang Saudiya Arabistoni Professional ligasida bir yil to‘p tepdi. Tajribali to‘purar jami 36 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 21 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatdi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Obameyang “Marsel”dan taklif olgani uchun Osiyodan ketishga qaror qilgan. Frantsiya klubi tajribali hujumchining Evropadagi oxirgi klubi edi. Endi marselliklar yana Obameyang xizmatidan foydalanmoqchi.

Per-Emerik Obameyang ilgari “Chelsi”, “Barselona”, “Arsenal”, “Borussiya Dortmund”, “Sent-Eten”, “Milan”, “Monako”, “Lill” va “Dijon” kabi klublarda ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!