Yana bir yulduz “Real”ga o‘tishga rozi bo‘ldi

  • 23.07.2025 06:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yozgi transferlar davrida yangi futbolchilarni olish uchun 178 million evro sarflab yuborgan “Real” shu bilan to‘xtamoqchi emas.

Madridliklar nishonida “Chelsi” yarim himoyachisi Entso Fernandes turibdi. Argentinalik jahon chempionining o‘zi ham Xabi Alonso boshlagan loyihaga qo‘shilish istagini bildirdi.

Ispaniyalik murabbiy o‘z jamoasi markazida Jud Bellingem, Federiko Valverde, Orelen Tchuameni va aynan Entso Fernandesdan iborat to‘rtlikni shakllantirishni mo‘ljallagan.

Transferlar bo‘yicha ekspertlarning aytishicha, “Real” va Fernandes hamkorlikni yo‘lga qo‘yishiga yagona va eng katta to‘siq “Chelsi” bo‘lib turibdi. “Aristokratlar” etakchi o‘yinchini qo‘yib yuborishga tayyor emas.

“Qirollik klubi” mutasaddilari esa, Entso Fernandes uchun 150 million evro tikish orqalm “Chelsi”ni transferga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!