Yana ikki nafar bokschimizning janglari yakunlandi
Bugundan Bolgariyaning Sofiya shahrida anʼanaviy 77 "Strandja" xalqaro turniri boshlandi. Ilk kungi uchrashuvlardan 7 nafar bokschimizning janglari o‘rin olgandi.
- 70 kg dagi vakilimiz Abdulaziz Jo‘raqulov ham dastlabki jangida qozog‘istonlik Muhammadsobir Bazarbay Uuluga qarshi bahs yuritdi. Yosh bokschimiz jiddiy raqibga qarshi munosib jang ko‘rsatdi, biroq yakunda unga biroz omad yetishmadi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
-55 kg vazn toifasidagi sportchimiz Samandar Olimov ham "Strandja" turniridagi birinchi jangini o‘tkazdi. Unga Ukraina vakili Elmir Nabiev raqiblik qildi. To‘liq 3 raund mobaynida mazmunli va samarali harakat qilgan bokschimiz haqli tarzda g‘alaba qozondi. Yakuniy hisob 5:0.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Samir Sobirov hamda Emre Taskin (Turkiya) to‘qnashuvi kutmoqda.
Fikrlar