Yana sotilmay qoldi. "Tottenxem"ning transferi barbod bo‘ldi
«Tottenxem» hujumchisi Risharlison hozircha vataniга qaytmayotgandek ko‘rinadi. London klubi «Vasko da Gama»dan tushgan transfer taklifini qabul qilgani aytilmoqda, ammo kelishuv oxirgi paytda bekor bo‘ldi.
Sababi — futbolchining o‘zi Rio-de-Janeyrodan joy olgan klub bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmadi, deya xabar bermoqda jurnalist Alasdеr Gold. Braziliyadа transfer oynasi bu kechqurun yopiladi.
Avvalroq Risharlison «Tottenxem» bilan tuzgan shartnomasini bekor qilib, erkin agent sifatida yangi jamoa izlashi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. 29 yoshli futbolchi Premier-liga o‘yinlari uchun jamoa ro‘yxatiga kiritilmagan.
Shuningdek, hujumchi asosiy tarkib bilan umumiy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmayotgani ma’lum qilingan.

Fikrlar