
Yangi Zelandiya FIFA reytingida nechanchi o‘rinda? Raqib safidagi eng mashhur futbolchi kim?
Xabaringiz bor, Srechko Katanets boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda Dubay shahrida yig‘in o‘tkazmoqda.
Terma jamoamiz 1 fevral kuni Yangi Zelandiya termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Yangi Zelandiya FIFA reytingida 110-o‘rinni egallab turibdi. Bu Okeaniyada 1-o‘rin deganidir.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 84-o‘rinda bormoqda. Vakillarimiz Osiyo qit’asida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Raqib safida bir nechta taniqli futbolchilar to‘p tepadi. Jumladan, hujumchi Kris Vud yaqindagina "Byornli"dan "Nyukasl" safiga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar