
"Yangier" "Mash’al"ga yutqazdi, polshalik legionerlari esa zo‘r emas!
Pro liga klublari ham Toshkentda yozgi tayyorgarlik yig‘inini davom ettirmoqdalar. “Bunyodkor” akademiyasining zaxira maydonida “Yangier” “Mash’al” bilan kuch sinashdi. Bu o‘yinda muborakliklar ikkala bo‘limda bittadan gol urgan holda “Yangier”ni 2:0 hisobida taslim etdilar. Sindarov va Molochkoning gollari o‘yin taqdirini hal qildi.
“Mash’al”dan ko‘ra “Yangier” tarkibidagi o‘zgarishlar e’tiborimizni tortdi. Bungacha Muborak jamoasida to‘p surgan va yozgi yig‘inni ham o‘sha erda davom ettirayotgan yarim himoyachi Abdurahmon Abdulxakov “Yangier”ga ko‘chib o‘tdi. Shuningdek, Tojikistonning “Istiqlol” klubida o‘ynagan Muhammad Isaev ham “Yangier” safida ko‘rinish berdi. “Neftchi”dan himoyachi Shodiyor Xojimatov ham taklif qilingan.
Oldin xabar berganimizdek, “Yangier”ga polshalik ikki nafar legioner qo‘shilgandi. Mazkur uchrashuvda ularga yana imkoniyat berildi. Ammo o‘yinni chetdan kuzatish asnosida shuni aytishimiz mumkinki, ular hech bir xususiyati bilan boshqalardan ajralib turgani yo‘q.
Shuningdek, “Mash’al”da yana bir ukrainalik legioner - Molochko ham paydo bo‘ldi. Mikola Agapov kabi u ham murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirsa, shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
“Yangier”: Sarvar Husanov, Bunyod Abdumannonov, Islom Baratov, Shodiyor Xojimatov, Doston Berdiqulov, Xushnud Bozorov, Abdurahmon Abdulhaqov, Muhammad Isaev, Bunyod Shodiev, Mixail Kalitta, Mateuz Szmanski.
Ikkinchi bo‘limdagi tarkib: Sarvar Husanov, Bekzod Tolibjonov, Shohruh Xolmatov, Islom Baratov, Muhriddin Rasulov, Elyor Mamasoliev, Xurshid Asqaraliev, Jonibek Mirzaqulov, Jahongir Abdusalomov, Said Abdujabbarov, Muhiddin Odilov.
“Mash’al”: Ravshan Yagudin, Sirojiddin Allaev, Samandar Shukrullaev, Zafar Akramov, Najmiddin Normurodov, Sirojiddin Rahmatullaev, Shaxzod Shaymanov, Muhammad Yo‘ldoshev, Nikita Pavlenko, Sobit Sindarov, Mikola Agapov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Doston To‘xtaboev, Ojo Mozes, Zoir Tursunov, Xudoyor Sagdullaev, Molochko, Ruslan Xadjiev, Jaloliddin Bahodirov.
Fikrlar