Yapon futbolchisi Qozog‘istonni emas, O‘zbekistonni tanladi
Qozog‘istonning “Aktobe” klubi bilan muzokara olib borgan yaponiyalik futbolchi Itsuki Urata faoliyatini O‘zbekiston chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Bu haqida asnews.kz sayti xabar berdi.
28 yoshli chap qanot himoyachisi bir necha hafta muqaddam “Bunyodkor”dan “Aktobe”ga ko‘chib o‘tishga yaqin edi. Biroq bu reja amalga oshmadi.
- Itsuki “Bunyodkor” klubidan yangi taklif kutayotgan edi va uning talabi bajarildi. Shu bois, “Aktobe”ga masalaning echimi bog‘liq bo‘lgani yo‘q, - dedi vaziyatga izoh bergan agent Vitaliy Ridlevich.
Itsuki Urata Yaponiyaning “JEF Yunayted Tiba” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada Braziliya chempionatida va Yaponiyaning bir necha klublarida o‘ynagan.
Faoliyati davomida Ukrainaning “Zarya Lugansk”, Xorvatiyaning “Varajdin” va Sloveniyaning “Maribor” jamoalarida ham to‘p tepgan.
Urata “Bunyodkor”ga 2024 yilning yozida “Maribor”dagi shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent maqomida kelgan.
O‘tgan mavsumda yaponiyalik chap qanot himoyachisi O‘zbekiston Superligasi va mamlakat kubogida jami 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari ikkitadan gol va golli pas muallifi bo‘ldi.
Tokiolik futbolchining transfer summasi bugungi kunda transfermarkt.world portali ekspertlari tomonidan 300 ming evroga baholanmoqda.
Husanov muxlislariga yaxshi yangilik bor!
Husanov masalasida sabr qiling!
Alamli mag‘lubiyatdan keyin Husanovning o‘yini qanday baholandi?
Fikrlar