Husanov masalasida sabr qiling!
O‘tgan yilgi inqirozdan keyin “Manchester Siti” 2025 yilgi ikkita transferlar bozori vaqtida tarkibida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. 20 yanvar kuni jamoaga Abduqodir Husanovning olib kelinishi bilan boshlangan avlodlar almashinuvi jarayoni hali oxiriga etgani yo‘q.
“Manchester Siti” tarixidagi afsonaviy himoyachilardan biri Denni Mills yosh o‘yinchilar Abduqodir Husanov va Vitor Reysning “Etixad” stadionida yulduzli onlari kelishiga ishonishini ta’kidladi.
“Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manba – cityxtra.co.uk sayti o‘quvchilari e’tiboriga mashhur futbolchining jamoa haqidagi fikrlarini taqdim etdi.
- Manchesterliklarning himoya chizig‘i keyingi paytda muhokamalarning doimiy mavzusiga aylanib qoldi. Chunki klub uzoq istiqbolni qaratilgan rejalarni amalga oshirish jarayonda zamon talablariga mos rivojlanish yo‘lini qidirishga alohida e’tibor qaratmoqla.
Jamoada yangi talantlar paydo bo‘ldi. Vitor Reys ayni paytda “Jirona”da ijarada o‘ynayapti va unga 2026 yilga mo‘ljallangan tarkibda asosiy vazifalarni bajarishga nomzod sifatida qaratilyapti. Klubga yanvarda kelgan Abduqodir Husanov esa, Xosep Gvardiola qurayotgan yangi jamoaga yangi qirralarni olib kirdi.
“Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi Denni Mills “shaharliklar” rivojlantirayotgan yangi erada hozirgi tajribali o‘yinchilar o‘rnini yosh iste’dodlar egallashini ta’kidlayapti. Xususan, avvalgi mavsumlarda Xosep Gvardiola alohida qadrlagan Natan Ake endi jamoa uchun dolzarb ahamiyatga ega emas.
- “Manchester Siti”da ikki-uchta pozitsiyada juda yaxshi o‘ynay oladigan ijrochilar ko‘p. Ularga “sen chap qanot himoyachisisan yoki yarim himoyaning faqat chap qanotida o‘yna”, - deb bo‘lmaydi. Faqatgina Rodriga “sen tayanch yarim himoyachisisan”, Erling Xolandga esa “sen hujumchisisan”, deyish mumkin xolos. Qolganlarning bari serqirra o‘yinchilar, - deydi Denni Mills.
Denni Millsdan “Etihad”dagi faoliyatini yaqinda boshlagan hamda Xosep Gvardiola jamoasida asosiy tarkibdan joy olish va o‘rnini mustahkamlash uchun kurashayotgan Abduqodir Husanov va Vitor Reys haqidagi fikrlarini ham so‘rashdi.
- Men har doim himoya chizig‘ida tajribaga asoslanishni yoqlaganman. Himoyaning eng yuqori cho‘qqisi haqida gapirganda Rio Ferdinand, Nemanya Vidich, Jon Terri, Rikardo Karvalyu, Vensan Kompanini esga olaman. Hatto Yaya Ture ham maydonga tushib, himoya markazida o‘ynar olardi.
Tajriba bu pozitsiyada o‘ynash uchun talab etiladigan eng muhim narsa. Masalan, Virjil van Deykni olaydik, ayrimlar uni mavsumni bo‘sh o‘tkazayotganini aytyapti, biroq bu uning uzoq davom etib kelayotgan muvaffaqiyatli faoliyatidagi kichkina kamchiliklardir.
Jamoamizda ikki markaziy himoyachining tajribasi – muvaffaqiyat kalitidir. Jon Stounzga qarang, o‘yini yildan yilga kuchaymoqda. Har qanday buyuk klublar ishni zo‘r himoya chizig‘ini tashkil qilishdan boshlaydi. Hamma gol urish kerakligini aytadi, lekin g‘olib chiqish uchun ligada eng zo‘r himoyaga ega bo‘lish shart.
Hujumchi o‘nta uchrashuvdan to‘qqiztasida yoki to‘rttasida zo‘r o‘ynashi mumkin, ularda bundan erkinlik bor. Ammo himoyachi va tayanch yarim himoyachi bu bahslarning kamida ettitasida yuqori saviyada o‘ynashi talab etiladi. Aynan mana shu talablar yangi o‘yinchilarga qiyinchilik tug‘diradi. Bu holat qaysi ligada va qanday jamoada o‘ynashdan qat’i nazar yosh o‘yinchilar qanchalar zo‘r bo‘lmasin, baribir og‘irlik qiladi, - dedi Denni Mills.
Ekspertning gaplaridan kelib chiqib, Xosep Gvardiolaning uzoq muddatli infratuzilmasi Jon Stounz kabi tajribali o‘yinchilar bilan birga Abduqodir Husanov va Vitor Reys kabi zamonaviy yangi avlod himoyachilarining salohiyatini uyg‘unlashtirishga qaratiladi.
Husanov hali eng yuqori cho‘qqiga chiqqani yo‘q va sekin-asta “Siti”da ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib boradi. Yil boshidan Abduqodir ham, Vitor Reys ham uzoq istiqbol uchun tanlangan loyihalar ekani aytilgandi. Denni Mills ham klubning bu g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, har ikki yosh himoyachi shoshma-shosharlikda emas, balki izchil rivojlanib borayotganini e’tirof etdi, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk jurnalisti Freddi Pay.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Abduqodir Husanovni Frantsiyaning “Lans” klubidan 40 million evroga transfer qilgan edi. “Shaharliklar” braziliyalik Vitor Reysni olish uchun esa, yanvarda “Palmeyras”ga 37 million evro to‘lagan edi.
“Zenit” O‘runov transferiga qanday munosabat bildirdi?
Alamli mag‘lubiyatdan keyin Husanovning o‘yini qanday baholandi?
O‘zbek to‘purari legionerga aylanishni rad etdi
Shomurodov “yondiryapti”: Bu gal Onananing darvozasini “teshib” qo‘ydi!
Kim kuchli? Husanovni qozoq futbolchisi bilan taqqoslashdi
Shomurodov jamoani yakka o‘zi elkasida ko‘tarib kelyapti...
Yana qancha gol kerak? Shomurodov endi haqiqiy to‘purarligini isbotlayapti...



Fikrlar