
Yaponiya Ispaniyani mag‘lub etib, o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
JCh-2022 guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan Yaponiya - Ispaniya bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda yaponlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Kun chiqar yurt" vakillari tarkibida Tanaka hamda Doan gol urgan bo‘lsa, "qizil furiya"ning yagona goli Morata tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, Yaponiya o‘z guruhida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ispaniya esa 2-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Fikrlar