Yaponiya jahon chempionatini qabul qiladi

  • 05.12.2020 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA prezidenti Janni Infantino 2021 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati Yaponiyada o‘tkazlishini e’lon qildi.

- Biz klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini hozirgi formatini saqlab qolgan holda 2021 yilning dekabrida Yaponiyada tashkil etishga qaror qildik. Bu mamlakat katta musobaqalarga mezbonlik qilish bo‘yicha boy tajribaga ega, - dedi Infantino.

Avvalroq, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kelasi yilning yozida Xitoyda yangicha formatda – 24 jamoa ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Musobaqada, odatda, oltita mintaqaning eng kuchli klublari va mezbon mamlakat chempioni ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!