Yaponiya klubi OChL g‘olibiga aylandi
Osiyo Chempionlar ligasi finalidan o‘rin olgan "Urava Red Daymonds" - "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 1:0 hisobida saudiyaliklardan ustun keldi.
Andre Karrilo 48-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va mazkur gol yaponiyaliklarga g‘alaba taqdim etdi. Qayd etish lozim, mazkur qarama-qarshilikdagi birinchi bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi.

Fikrlar