Yarim mavsumdan so‘ng debyut golini urgan Senaga

  • 1 avgust, 20:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK ikkinchi davraning birinchi o‘yinini "Buxoro"ga qarshi o‘tkazmoqda. 16-turdan o‘rin olgan uchrashuvda hisobni Naoaki Senaga ochdi. Hujumkor yarim himoyachi 40-daqiqada Ruben Sanchesning ajoyib pasidan unumli foydalana oldi. 

Tecno

Shu tariqa, Senaga OKMKdagi o‘zining debyut golini urmoqda. Yaponiyalik futbolchi bungacha jamoa tarkibida 4 ta o‘yinda maydonga tushgandi. Shulardan faqatgina bittasida asosiy tarkibga kira olgan. 

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Naoaki qishki transferlar oynasida olmaliqlar safiga kelib qo‘shilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!