Yarmolenkoni Xitoyga chorlashmoqda

  • 11.09.2020 22:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Vest Xem" vingeri Andrey Yarmolenko faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli ukrainalik futbolchini "Shandong Luneng" o‘z safida ko‘rmoqchi. Bundan avvalroq esa, “bolg‘achilar” yangi transferlarga pul topish uchun Yarmolenkoni sotib yuborishga tayyor ekani haqida xabar tarqalgan edi.

Andrey “Vest Xem” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi esa 9,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!