Yaxshiboev jamoasida yo‘qotish
Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqa olmaganidan keyin “Sherif”ni bir qator legioner tark eta boshladi.
Avvalroq, Tiraspol klubidan kolumbiyalik futbolchilar – himoyachi Danilo Arbeloda va hujumchi Frank Kastanade ketgani ma’lum qilingan edi.
Endi braziliyalik Bruno Felipe o‘zining ijtimoiy sahifasida “Sherif” Moldova chempionidan ketganini e’lon qildi.
27 yoshli Bruno “Sherif”ga yozda kelib qo‘shilgan edi. Uning shartnomasi yil oxirigacha tuzilgandi. Joriy mavsumda mamlakat chempionatida Felipe ikkita gol va bitta assistni amalga oshirdi. Shuningdek, Chempionlar ligasining guruh bahslarining barchasida ishtirok etgan futbolchi so‘nggi uchrashuvda golli uzatma bilan jamoasining 1:1 hisobida durangiga hissa qo‘shdi.
Fikrlar