Yaxshiboev Madridda "Real" darvozasini ishg‘ol qildi, "Sherif" g‘alaba qozondi (video)
UEFA Chempionlar ligasi "D" guruhi 2-turida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev to‘p suradigan Moldovaning “Sherif” klubi Madridda “Real” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 1:2 hisobida “Sherif”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, “qirollik klubi” darvozasiga kiritilgan dastlabki golga Jasur Yaxshiboev mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar