
Yaxshiboevning ishlari yaxshi!
Belarus chempionatida 22 tur yakunlariga ko‘ra, musobaqaning eng foydali futbolchisi nomini hamon Jasur Yaxshiboev o‘zida saqlab kelmoqda.
Uning barqaror o‘yini va har bir uchrashuvda yuqori ball olayotgani hamyurtimizning dastlabki turdan eng yaxshi futbolchilar reytingida peshqadam bo‘lishini ta’minlab bermoqda.
Bundan tashqari, Jasur Yaxshiboev 12 ta gol bilan to‘purarlar bahsida ham birinchi o‘rinda bormoqda.
Belarus chempionatining eng foydali futbolchilari reytingni bilan tanishing:
- J.Yaxshiboev (“Shaxtyor”, “Energetik-BGU”) — 5.68 (20 o‘yin)
- I.Stasevich (BATE) — 5.50 (20)
- Gabriel Ramos (“Torpedo-BelAZ”) — 5.45 (20)
- N.Antich (“Shaxtyor”) — 5.44 (17)
- V.Lisakovich (“Shaxtyor”) — 5.43 (18)
- P.Nexaychik (BATE) — 5.43 (20)
- Yu.Szoke (“Shaxtyor”) — 5.41 (17)
- G.Kadimyan (“Nyoman”) — 5.40 (21)
- A.Xachaturyan (“Torpedo-BelAZ”) — 5.39 (19)
- E.Filipenko (BATE) — 5.38 (16)
Fikrlar